Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi ishlar vazirligida Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2017 yilning 25-26 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashining tashqi aloqalar va mintaqaviy hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Muhammad Qosim Ludin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oliy darajadagi O‘zbekiston-Afg‘oniston aloqalari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Afg‘onistonning vakolatli idoralari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan hukumatlararo bitimlar loyihalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026