Light | 22:40 / 28.09.2017
12211
5 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning innovatsion universitetlarining 12 taligi ma'lum bo‘ldi

Foto:Flickr/staceymk11

Reuters agentligi o‘zining an'anaviy jahonning 100 ta innovatsion universitetlari ro‘yxatini e'lon qildi. Ilk 12 ta universitetning 10 tasi esa Amerika oliy ta'lim muassasalari ekani ma'lum bo‘ldi, deb yozadi Business Insider.

Reuters o‘z reytingini ko‘plab omillarni hisobga olgan holda tuziib chiqadi. E'lon qilingan tadqiqotlar va so‘nggi yillarda patentlar uchun topshirilgan arizalar shular jumlasidan. Demak, tanishamiz, dunyoning eng ilg‘or 12 universitetlari:

12. Kaliforniya universiteti

Bu ta'lim birlashmasi Kaliforniya shtatida joylashgan 10 ta jamoat universitetlaridan biridir. OTM 2010-2015 yillar oralig‘ida (keyingi o‘rinlarda ham shu muddat nazarda tutiladi) turli xil patentlar uchun 2382 ta ariza topshirgan. Shundan 33,7 foizi ma'qullangan. Ushbu universitetning taniqli bitiruvchilaridan biri YouTube bosh ijrochi direktori Syuzen Voyjitski.

11. Dyuk universiteti

AQShning yana bir universiteti xususiy bo‘lib, Shimoliy Karolinadagi Darem shahrida joylashgan. Muassasa 331 ariza topshirgan, shundan 29,6 foizi ma'qullangan. Mashhur bitiruvchilar orasida Apple korporatsiyasining bosh ijrochi direktori Tim Kuk va Gates Foundation hamraisi Melinda Geytslar bor.

10. Vanderbilt universiteti 

Ushbu xususiy tadqiqot universiteti Tennessi shtati Neshvill shahrida bo‘lib, uning 218 ta patent arizasidan 43,1 foizi qanoatlantirilgan. Vanderbilt bitiruvchilari orasida 2006 yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Muhammad Yunus, yozuvchi va filantrop Jyeyms Patterson bor.

9. Texas universitet tarmog‘i

Foto:UT Austin

Bu ilmiy birlashma Texas shtatida joylashgan 14 ta jamoat universitetidan tashkil topgan. Uning 974 ta arizasidan 32,3 foizi ma'qul topilgan. Dell bosh ijrochi direktori Maykl Dell va National Instruments bosh ijrochi direktori Jyeyms Trachard tarmoq bitiruvchilaridir.

8. Michigan universiteti

Tadqiqot universitetii Enn-Arbor shahrida joylashgan. Dirborn va Flintda qo‘shimcha kampuslari bor. OTMning 580 ta patent arizasidaan 43,8 foizi ijobiy baholangan. Berkshire Hathaway investitsiya fondi raisi o‘rinbosari Charlz Manger va Google hammuassisi Larri Peyj ushbu universitetni bitirganlardan.

7. Vashington shtati universiteti 

Toshkent bilan birodarlashgan Sietl shahrida asos solingan universitet. U 494 ta ariza topshirgan bo‘lib, 31,8 foizi ma'qullangan. OTMni bitirib, muvaffaqiyat qozonganlar orasida fazogir ayol Bonni Jinn Danbar va Vashington shtati sobiq gubernatori Deniyel Evans kabilar bor.

6. Koreya ilg‘or texnologiyalar instituti

Foto:Thomson Reuters

Janubiy Koreyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot universiteti Tejon shahrida joylashgan. OTMning 923 patent arizasidan 82,1 foizi ijobiy baholangan. Uni tamomlagan taniqli kishilar orasida koreyalik birinchi fazogir ayol Li So Yon, Koreyaning kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyasi Nexon asoschilaridan biri Kim Chjon Chju bor.

5. Leven katolik universiteti

Foto:Thomson Reuters

Leven katolik universiteti Belgiyaniing Leven shahrida joylashgan. Uning 292 arizasidan 37 foizi tasdiqdan o‘tgan. Uni bitirganlardan biri Nestle bosh ijrochi direktori Pol Byulkedir.

4. Pensilvaniya universiteti

AQSh tadqiqot universiteti Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida joylashgan.  OTMning 517 ta patent murojaatining 32,9 foizi ma'qullangan. Uning bitiruvchilaridan biri AQSh prezidenti Donald Trampdir. 

3. Harvard universiteti

Foto:Jannis Tobias Werner / Shutterstock.com

AQShning eng keksa universitetiga Massachusets shtati Kembrij shahrida asos solingan. U 881 ta patent arizasi topshirgan. Shundan 26,1 foizi ma'qullangan. Uning mashhur bitiruvchilari orasida Microsoft kompaniyasining sobiq bosh ijrochi direktori Stiv Ballmer va Goldman Sachs bosh ijrochi direktori Lloyd Blankfeyn bor.

2. Massachusets texnologiya instituti

Foto:Marcio Jose Bastos Silva / Shutterstock.com

Universitet va tadqiqot markazi ham Massachusets shtati Kembrij shahrida joylashgan. OTMning 1368 arizasidan 43,3 foizi ma'qullangan. Koch Industries egalaridani biri Charlz Kox va CIT Group sobiq bosh ijrochi direktori Jon Teyn institut bitiruvchisi sanaladi.

1. Stenford universiteti

Foto:Thomson Reuters

Amerikaning Kaliforniya shtatida joylashgan yana bir universiteti. Oliy ta'lim dargohi 636 ta ariza topshirib, 39,9 foizi ma'qullanishiga erishgan. Tesla asoschisi Ilon Mask va PayPal hamasoschisi Piter Til ushbu universitetni bitirgan.

Mavzuga oid