Jahon universitetlari reytingi markazi (CWUR) 2026 yil uçun dunyoning eng yaxşi universitetlari reytingini e’lon qildi. Hisobotda 100 ga yaqin mamlakatdan 21 mingdan ortiq universitet faoliyati tahlil qilingan va 2 mingtasi saralab olingan. Özbekiston universitetlaridan birortasi top-2000 reytingdan joy olmadi.

CWUR reytingining asosiy xususiyatlari:

Obektivlik: Reytingda sörovnomalar yoki universitetlarning özi taqdim etgan ma’lumotlardan foydalanilmaydi. U real natijalarga asoslanadi: ta’lim sifati (25%), bitiruvçilarga bölgan talab (25%), öqituvçilar tarkibi sifati (10%) va tadqiqot faoliyati (40%).

Miqyos: Top-2000 (Global 2000) e’lon qilinadi va jami 21 mingdan ortiq oliy ta’lim muassasasi baholanadi.

Ma’lumotlar: Millionlab naşrlar, iqtiboslar, mukofotlar va bitiruvçilarning karera yutuqlari tahlil qilinadi.

CWUR 2026 böyiça dunyoning eng yaxşi 10 ta universiteti:

  • Harvard universiteti (AQŞ)

  • Massaçusets texnologiya instituti (MIT) (AQŞ)

  • Stenford universiteti (AQŞ)

  • Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya)

  • Oksford universiteti (Buyuk Britaniya)

  • Prinston universiteti (AQŞ)

  • Pensilvaniya universiteti (AQŞ)

  • Kolumbiya universiteti (AQŞ)

  • Yyeyl universiteti (AQŞ)

  • Çikago universiteti (AQŞ).

Reytingda AQŞ ustunlik qilmoqda, ammo Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Fransiya, Xitoy va boşqa mamlakatlarning universitetlari ham yuqori örinlarni egallaydi.

Özbekiston oliy ta’lim muassasalarining birortasi asosiy mezonlar (tadqiqot faoliyati, iqtiboslar soni, öqituvçilar sifati va bitiruvçilarning karera yutuqlari) böyiça bu röyxatga kirmadi.