Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi uchrashuv 1,5 soatdan ko‘proq davom etdi
Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi muzokaralar 1,5 soatdan ko‘proq davom etdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21.10da Erdo‘g‘an qarorgohida boshlangan. Erdo‘g‘an Putinni avtomobili yonida kutib olgan. So‘ngra ikki yetakchi qarorgohga yo‘l olishgan.
Ayni vaqtda muzokaralar kengaytirilgan tartibda davom etmoqda.
Avvalroq ma'lum qilingandek, uchrashuvda Suriyadagi vaziyat, Iroq Kurdistonining mustaqilligi bo‘yicha referendumi natijalari, "Turk oqimi" va "Akkuyu" loyihalarining amalga oshirilishi ahvoli va ikki tomonlama kun tartibining qolgan masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgandi.
Ta'kidlanishicha, bu uchrashuv Putin va Erdo‘g‘anning joriy yildagi 5-uchrashuvidir. Mart va may oylarida Erdo‘g‘an Rossiyaga kelgandi. Keyinroq may oyida ikki yetakchi Pekinda "Bir kamar, bir yo‘l" forumi hamda iyulda Gamburgdagi G20 sammiti doirasida uchrashishgan.
Mavzuga oid
09:09 / 22.04.2026
Rossiyada barcha “front uchun” ishlashi kerak - Putin
20:59 / 21.04.2026
Bonya propagandachilarga qarshi. Nimalar bo‘lmoqda?
16:37 / 17.04.2026
«Agressiv ohang yuqorilamoqda» - siyosatshunos Putinning yangi qonuni haqida
10:36 / 17.04.2026