Jahon | 00:20 / 29.09.2017
10056
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh koalitsiyasi IShID yetakchisi al-Bag‘dodiy tirik bo‘lishi mumkinligini aytdi

Foto: AP Photo/ Bilal Hussein

AQSh boshchiligidagi koalitsiya vakili Rayan Dillon IShID terrorchilik guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy hali ham tirik bo‘lishi mumkinligini aytdi.

"Uning o‘limining ishonchli isbotlari bo‘lmagunicha uni tirik deb hisoblaymiz", deb aytgan Dillon.

Avvalroq al-Bag‘dodiy tirik bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrni Pentagon boshlig‘i Jyeyms Mettis bildirgandi.

Iyunda Rossiya mudofaa vazirligi al-Bag‘dodiy 28 may kuni Raqqa yaqinidagi aviazarba oqibatida o‘lgan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgandi.

Iyul boshida esa arab OAV IShID jangarilari o‘z yetakchilarining o‘lganini tasdiqlashganini ma'lum qilishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid