Iroqlik deputat Hasan Salimning aytişiça, IŞID yetakçisi Abu Bakr al-Bağdodiy Iroqning Anbar viloyatidagi çölda amerikalik harbiylar himoyasi ostida erkin harakatlanmoqda.

Deputatning ta'kidlaşiça, al-Bağdodiy Iroq va Suriya örtasida harakatlanmoqda. Unga himoya amerikalik harbiylar joylaşgan Ayn al-Asad harbiy bazasidan taqdim qilinmoqda. 

Deputatning fikriça, amerikalik harbiylar IŞID yetakçisini “Iroqdan xorijiy qöşinlarni çiqarib yuboruvçi qonun loyihasi ma'qullanişidan qörquv” sabab qöllab-quvvatlaşmoqda.  

Xavfsizlik böyiça kurd eksperti Xavkar al-Jafning Baghdad Today axborot agentligiga ma'lum qilişiça, al-Bağdodiy hozirda Suriyada bölmay, Sarsar köli va ona şahri Samarra örtasidagi hududda qolmoqda. U Iroqda bölganda öz xavfsizligini ta'minlaş maqsadida mahalliy qabilalar bilan aloqalaridan foydalanmoqda.

Iroq parlamentidagi eng yirik blok “Al-Fath” vakili Axmad al-Asadiyning ma'lum qilişiça, AQŞ qöşinlarining Iroqdan olib çiqilişi haqidagi qonun mart boşiga belgilangan sessiyada birinçilardan bölib ovozga qöyiladi. 

Parlament spikeri birinçi örinbosari Hasan al-Ka'abiy fevral boşida Iroq parlamenti AQŞ bilan xavfsizlik haqidagi kelişuvni bekor qiliş haqidagi qonunni işlab çiqmoqçiligini ma'lum qilgandi. Bu esa amerikalik va boşqa xorijiy harbiylarning Iroqdan olib çiqilişiga olib keladi.