Bu haqda Alsumaria telekanali xabar berdi.  

“Bugun [20 may kuni] terrorçi Abdul Nosir Qardoş hibsga olindi, u jinoyatçi al-Bağdodiy örnini egallaşga nomzod hisoblangan. U işonçli ma'lumot asosida hibsga olingan”, deyilgan Iroq razvedkasi bayonotida.

Ta'kidlanişiça, Abdulloh Qardoş va Abu Umar at-Turkmaniy nomlari bilan ham ma'lum bölgan terrorçining haqiqiy ismi Amir Muhammad Said Abdulrahmon al-Movul bölib, u 1976 yil Iroqda tuğilgan va Mösul universitetida şariat böyiça tahsil olgan.

Qardoş “Al-Qoida” saflariga kirgan va uning asosiy ğoyaçilaridan biri bölgan. OAV ma'lumotlariga köra, Qardoş 2019 yil oktyabrda IŞIDning avvalgi yetakçisi Abu Bakr al-Bağdodiy yöq qilingandan bir neça soat ötgaç terrorçi taşkilotning yangi yetakçisi etib tayinlangan.

Ba'zi ma'lumotlarga köra, al-Bağdodiy Qardoş bilan 2004 yil AQŞning Iroqdagi turmasi Kemp-Bukkada ötirganda tanişgan.

U 2015 yildan AQŞning terrorçilar röyxatiga kiritilgan. Vaşington uning boşi uçun 5 mln dollar mukofot puli e'lon qilgan.