Muxlislarimizning istaklariga quloq tutib, munosib deb ataş mumkin bölgan avtomobillardan birini nega sevişlari-yu, undan nega nafratlanişlari haqidagi ma'lumotni e'lon qilişga qaror qildik. Chevrolet Lacetti muhabbatga ham, nafratga ham sazovor bölgan avtomobil hisoblanadi, lekin tan oliş kerak, unga mehr berganlar köproq, deb yozadi Kolyosa.Ru. 

Rossiya bozorida bu qadar uzoq yöl bosgan va öz nufuziga doğ tuşirmagan boşqa biror avtomobilni eslab topiş qiyin. Behazil, «laçetos» jahondagi premerasidan 1–2 yil ötgaç — 2004 yildan buyon Rossiyada töxtovsiz sotilib kelinmoqda.

Bir tasavvur qilib köring-a, ayni paytga kelib, butun bir umrini yaşab va öziga yaraşa obro‘ e'tibor qozonişga ulgurgan VAZning «Granta»si işlab çiqarilişi boşlanişiga hali yetti yil bor edi... 

Foto: Chevrolet Lacetti '2004 – hozirgi vaqtgaça

Model hozir ham tirik — 2013 yilda Özbekistondan Rossiyaga avval Daewoo brendi ostida, 2015 yildan söng Ravon Gentra (Koreyada yasalgan hetçbek yuzi, 1,5 litrli motor, 6 poğonali avtomat yoki 5 poğonali mexanik uzatmalar qutisi bilan) eksport qilina boşlandi. «Asil» Lacetti’ning avtomat uzatmalar qutilisi 4 poğonali edi, lekin motorlari uç xil bölgan – 1,4 l (95 ot k.), 1,6 l (109 ot k.) va 1,8 (122 ot k.). Bu farqlarga qaramasdan, avtomobil hamon öşa-öşaligiça qolgan, şu sababli oğizda «Laçetti» desak ham «Ravon»ni tuşunaveramiz. Uşbu maqolamizning intihosida «Ravon»ning xarakterli xususiyatlariga albatta alohida töxtalamiz.

Nafrat №5: Şovqindan kuçsiz himoyalanganlik

Qimmat bölmagan avto egalarining aksariyati şovqindan himoyalanganlik borasida yozğirişadi, lekin Laçetti bilan boğliq holatda, xolis tan oliş kerak, u çindan ham ta'mirga muhtoj — 3000 aylaniş/daqiqadan boşlab motorning ovozi röy-rost eşitila boşlaydi, ğildirak arkalaridagi guvillaş esa undan ham oldinroq seziladi. Old örindiqda u dvigatel şovqini bilan biroz bosilsa-da, orqadagi yölovçilar uni aniq-tiniq eşitişadi.