Özbekiston kompaniyasi qança maşina sotişni möljallagan? Model qatori töldiriladimi? Qaçon Ravon Gentra savdolarga çiqariladi? Bu haqda boş direktor Şaraf Aşurov "Kolyosa.ru" naşriga bergan intervyusida töxtalib ötdi.
Uning aytişiça, ötgan yilda realizatsiya qilingan 1 811 ta avtomobil sönggi 4 oyda sotilgan. 50 mingta maşinani yil oxiriga qadar sotiş şunçaki öylab topilmagan, bu tahlilçilarning sonlari ekan. Barça körsatkiçlar joriy yilning ikkinçi yarmidan boşlab Rossiya avtomobil bozorida kamida 5 foizga ösişdan darak bermoqda.
Marka modellari haqida töxtalar ekan Aşurov şunday dedi: “R2 – bu A segmenti modeli, AYeV raqamlariga köra, bu segmentdagi bozorning umumiy hajmi yiliga 5-5,5 ming avtomobilni taşkil etadi. Joriy yilda biz bu hajmning 80 foizga qadar yetişni möljallaganmiz. V-sinfida Nexia R3 modeli taqdim etilgan bölsa, R4 modeli V va S sinflari tutaşuvida joylaşgan, uni V+ segmentiga qöşiş mumkin. R4 haqida gapiriş hozirça erta, sababi bu modelni faqatgina fevralda olib kirişni boşladik. Ayni damda V segmentida bizda Nexia R3 modeli özini yaxşi körsatmoqda. Asta-sekinlik bilan bu segmentda bozorning 30 foizini egallaş niyatidamiz. Gentra modeliga keladigan bölsak, hozirça uni olib kirmadik, biroq ötgan yili unga yaxşi talab kuzatildi. Bu modelni iyundan yetkazib berişni rejalaştirganmiz”.
2017 yilda Ravon’ning 70ta yangi dilerlik va servis markazlari paydo bölişi haqida ma'lumotlarga esa şunday javob qaytarildi: “Biz avvalgi brendlarimizning eng yaxşi an'analaridan foydalanmoqdamiz hamda avval özbek avtomobillari bor bölgan pozitsiyalarni qaytarmoqdamiz. Bizga an'anaviy şeriklar qaytmoqda”.
Aşurov Rossiyadagi dilerlik markazlari haqida şunday dedi: “Ayni damda savdolar köproq Markaziy mintaqada röy bermoqda, sababi aynan şu yerda yirik dilerlik markazlari oçilgan. Faqatgina Moskvaning özida bizda beşta dilerlik korxonalari işlamoqda. Bu borada eng istiqbolli mintaqa esa Sibir deb öylayman. Bizda hozirça Povoljye, Saratov viloyati qamrab olinmagan. Şuningdek Krasnodar ölkasida ham istiqbollar ança katta”.
Yaqin oradagi yangiliklar haqida esa şunday fikr bildirildi: “Işlab çiqaruvçi zavod va umuman bizning brend rejalarida model qatorini kegaytiriş bor. Birinçidan, S-sinfidagi tölaqonli model, ikkinçidan esa, bizda SUV-B sinfidagi avtomobil ham paydo böladi”.
Şuningdek Aşurov Rossiyaga Captiva va Orlando modellari yetkazib berilişi mumkinligini ham istisno etmadi. “Kompaniyamiz nafaqat Rossiya, balki MDH davlatlari bozorini jiddiy tadqiq qilmoqda. Qanday modellar bozorning qaysi segmentlarida ommabop va talabgir bölişi yuzasidan örganişlar ötkazilmoqda”, - dedi u.













