Ravon‘ning rossiyalik dilerlariga restayling qilingan Gentra maşinalari yetkazib berila boşlandi.

Modelning içi yangilangan. Sedanning old paneli va salon qoplamasi özgargan, yangi asboblar paneli va audiotizim paydo bölgan. Bundan taşqari, Ravon’ning Rossiyadagi ofisida Gentra ERA-Glonass favqulotda javob beriş tizimi bilan jihozlangani ma'lum qilindi.

Ravon brendi ostida Çevrolet’ning avvalgi avloddagi modellari işlab çiqariladi. Gentra modeli Lacetti’ning taşqi körinişi özgartirilgan nusxasi hisoblanadi. Rossiyaga u 1,5 litr hajmli 107 ot kuçiga ega benzinli dvigatel bilan yetkaziladi, motor 5 poğonali mexanik va 6 diapazonli "avtomatik" uzatmalar qutisi bilan birgalikda işlaydi.   

Ötgan oy Ravon Gentra’ning narxi ança tuşgandi. Agar avval sedan 629000 rubldan 809000 rublgaça turgan bölsa, endilikda uning narxi 539000 rubldan 669000 rublgaçani taşkil qilmoqda. Marka matbuot xizmatida ma'lum qilinişiça, maşina narxini oşiriş rejalaştirilmagan.  

Gentra’ning bazaviy komplektatsiyasida ABS tizimi, ikkita xavfsizlik yostiqçasi, konditsioner, tumanga qarşi çiroqlar va taşqi oynalar isitgiçi mavjud. Modelning top versiyasida audiotizim, oyna tozalagiçlar turiş hududida old oyna isitilişi, haydovçi örindiğida bel tirgagi közda tutilgan. 

Rossiyada Ravon maşinalari savdosi aprelda martga nisbatan 26,7 foizga, mayda esa 45 foizga oşgan.

Yevropa biznesi uyuşmasi ma'lumotlariga köra, Rossiyada joriy yilning yanvaridan mayigaça Ravon avtomobilidan 3707 ta dona sotilgan. Gentra’dan taşqari, Rossiyada Nexia R3 (avvalgi Aveo), R4 (Cobalt) va R2 (avvalgi avloddagi Spark) sotiladi.