Jahon | 09:50 / 29.09.2017
6980
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Putin 2018 yilda Turkiyaga yana keladi

Foto: RIA «Novosti»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning umid bildirishicha, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin 2018 yili Turkiyaga yana tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

«Biz oliy darajadagi hamkorlik kengashiga katta ahamiyat beramiz. Umid qilamanki, kelgusi yildagi kengashimizda ham hurmatli prezident Putinni mamlakatimizda kutib olishdan mamnun bo‘lamiz», — degan Erdo‘g‘an. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki mamlakat ham savdo aylanmasini 100 mlrd dollarga yetkazishga urinmoqda.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid