Sport | 23:57 / 29.09.2017
6913
2 daqiqa o‘qiladi

«Krasnodar» muvaffaqiyatsizliklar girdobiga tushib qoldi

Rossiya premer-ligasining 12-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv yakuniga yetdi. Unda Tulaning «Arsenal» klubi o‘z uyida «Krasnodar»ni qabul qildi.

Jorjyevich tomonidan birinchi bo‘limda kiritilgan yagona gol tulaliklarga g‘alaba keltirdi. «Krasnodar» esa ketma-ket uchinchi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Bungacha jamoa «Zenit»ga (0:2) chempionat o‘yinlarida va «Tom»ga Rossiya kubogining 1/16 final bosqichida (1:2) yutqazdi.

Ushbu mag‘lubiyatdan keyin «Krasnodar» 21 ochko bilan bilan 3-o‘rinda qoldi. Ammo 12-turni endi o‘tkazadigan TsSKA g‘alaba evaziga krasnodarliklarni ortda qoldirib ketishi mumkin bo‘ladi. «Arsenal» esa 14 ochko bilan 9-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Rossiya premer-ligasi, 12-tur

Arsenal Tula – Krasnodar 1:0 (1:0)

Gol: Jorjyevich (16).
Arsenal Tula: Gabulov, Xagush (Denisov, 88), Sunzu, Belyayev, Aleksandrov, Gorbatenko, Bourchanu, Kombarov, Kangva, Tkachev, Jorjyevich (Rasich, 78).
Krasnodar: Sinitsyn, Shishkin (Ramires, 46), Martinovich, Grankvist, Petrov, Gazinskiy, Kabore, Klasson, Podberezkin (Mamayev, 46), Vanderson (Okriashvili, 70), Smolov.
Ogohlantirishlar: Gorbatenko (44), Bourchanu (45), Martinovich (90).
Chetlatish: Kabore (56).

Mavzuga oid