Jahon | 09:20 / 29.09.2017
11950
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: Suriyada urushni tugatish uchun sharoitlar yaratildi

Foto: Reuters

Suriya bo‘yicha kelishuvlar Rossiya va Turkiyaning umumiy muvaffaqiyatidir, Suriyada urushning tugatilishi uchun deyarli barcha sharoitlar yaratilgan, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

"Qiyinchiliklarga qaramasdan, biz ijobiy natijaga erisha oldik. Bu kelishuvlarni bizning umumiy, juda muhim muvaffaqiyatimiz deb hisoblayman. Va albatta, do‘stimiz, janob Erdo‘g‘anning muvaffaqiyati", deb aytdi Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra.      

"Terrorchilarning butkul yo‘q qilinishi va suriyaliklarning osuda hayotga qaytishi – bu nafaqat mintaqaga, balki butun dunyo uchun muhim bo‘lgan prinsipial masaladir. Biz qochqinlarning uylariga qaytishi uchun sharoitlarni yaratmoqdamiz, bu esa uzoq muddatli siyosiy yechimni topish jarayonini faollashtirish uchun juda muhimdir", deb qo‘shimcha qildi Putin.

28 sentabrda Putin Anqarada Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Putin turkiyalik hamkasbi bilan muzokaralar "fikrlar bilan batafsil, ochiq-oydin almashishga" imkon berganini ta'kidlab o‘tdi.  

Tomonlar Suriyadagi inqirozni tartibga solish bo‘yicha tashqi ishlar vazirliklari, harbiy va maxsus xizmatlari liniyasi bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Putin va Erdo‘g‘an, shuningdek, Iroq Kurdistonidagi referendum mavzusiga ham to‘xtalib o‘tishdi. Ma'lum qilinishicha, bu masalada ikki davlat yetakchisi orasida jiddiy kelishmovchiliklar yo‘q. Erdo‘g‘an, o‘z navbatida, uning davlati Iroqning hududiy yaxlitligiga katta ahamiyat berishini ta'kidlab o‘tdi. 

Bundan tashqari, yetakchilar qishloq xo‘jaligi masalalari, jumladan, Turkiyadan Rossiyaga pomidorlar yetkazib berilishini muhokama qilishgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid