Sport | 18:50 / 01.10.2017
8750
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» - «Las-Palmas» o‘yini muxlislarsiz stadionda o‘tkaziladi

Primeraning 7-turi doirasida «Barselona» va «Las-Palmas» klublari o‘rtasidagi uchrashuv qoldirilmaydi. AS xabariga ko‘ra, uchrashuv bo‘sh tribunalarda o‘tkaziladi.

Bundan avvalroq mahalliy nashrlarda bugun soat 19:15da boshlanishi kerak bo‘lgan o‘yin Kataloniyadagi referendum vaqtida ro‘y bergan tartibsizliklar tufayli kataloniyaliklar klubi iltimosiga ko‘ra qoldirilgani aytilgandi.

Endi ma'lum bo‘lishicha, Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi bu iltimosni qanoatlantirmagan.

Xabar qilinishicha, «Las-Palmas» futbolchilari stadionga o‘yindan oldingi chigalyozdi mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun chiqib kelishgan. O‘yin boshlanishiga 45 daqiqa qolganida stadionga muxlislar kiritilishi boshlanishi kerak edi, ammo muxlislar stadionga kiritilmayapti.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid