19:38 / 01.10.2017
8644

Dubayda bepul onlayn-ta'lim dasturi yo‘lga qo‘yildi

Foto:arabianbusiness.com

BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori Muhammad bin Rashid Al-Maktum arab dunyosi uchun Arabic E-Learning Project bepul ta'lim dasturining ishga tushgani haqida e'lon qildi. Arabian Business shu haqida xabar berdi

Translation Challenge tashabbusi — dasturning bir qismiga aylandi. Bu matematika va tabiiy fanlarga bog‘liq 11 million so‘zning arab tiliga tarjimasi, 5 ming video va boshqa ta'lim materialidir.

Dubay barcha istovchilarni ularni arab tiliga tarjima qilishda ishtirok etishga chaqirdi. Tarjimadan keyin barcha materiallar 50 million arab o‘quvchisi uchun bepul onlayn namoyish etiladi. 

Dastur yaratuvchilari barcha materiallarning bir yil davomida tayyorlanib, tarjima qilinishiga umid qilishmoqda. 

Dubay hukmdorining so‘zlariga ko‘ra, tashabbusdan maqsad — o‘quvchilarga arab tilida matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha yuqori standartlarga javob beruvchi akademik materiallar taqdim etish va arab dunyosidagi ta'lim sifatini yaxshilash, millionlab o‘quvchilarning ta'lim olishiga imkon yaratish. 

Top