Texnologiya | 22:10 / 02.10.2017
11566
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasi Galaxy S8’dan ko‘ra iPhone X’dan ko‘proq daromad olishi hisoblab chiqildi

Mutaxassislar Samsung kompaniyasi o‘zining asosiy raqobatchisi Apple’ning iPhone X smartfonidan qancha daromad olishini hisoblab chiqishdi. Aniqlanishicha, koreys kompaniyasi har bir sotilgan gajyetdan  110 dollar atrofida oladi. 

Mutaxassislar iPhone X’da ishlatilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan Samsung’ning butlovchi qismlari narxini tahlil qilib, shu fikrga kelishgan. 

Samsung tomondan ayfon uchun ishlab chiqilgan eng qimmat qism  OLED-ekran hisoblanadi. Biroq, tahlilchilar fikricha, Samsung kompaniyasi Apple uchun batareya va kondtsiionerlar ham yaratgan.

"Samsung iPhone X’ning turli qismlari sababli o‘zining Galaxy S8 smartfoni detallarini ishlab chiqarishdan 4 mlrd dollar ko‘proq ishlab topadi", deyishgan mutaxassislar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid