Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Biznes Ombudsman” Samarqand viloyatidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi
Mamlakatimizda tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish maqsadida Prezidentimizning Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili instituti ta'sis etilib, vakilning vazifa va vakolatlari aniq belgilab berildi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 25-27 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili Dilmurod Sultanmuratovich Kasimov Samarqand viloyatidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvlarda asosan ayrim sabablarga ko‘ra foliyatini to‘xtatgan hamda faoliyat yuritishi davomida ma'lum muammolarga duch kelayotgan hamda yordamga muxtoj tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda ishtirok etgan tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tushuntirishlar oldilar, aksariyat murojaatlar uchrashuvning o‘zida hal etildi.
Mavzuga oid
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
11:47 / 09.04.2026
“Obnalchi” korxonaning soliq majburiyati halol tadbirkor gardaniga yuklanyapti” – tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi
20:57 / 03.04.2026