Jahon | 20:45 / 03.10.2017
18908
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistondagi tumanlardan birida 58 dehqon xo‘jaligi yo‘qolgan

Rudakiy tumanida 58 dehqon xo‘jaligi yo‘qoldi. Bu haqida 3 oktabr kuni mazkur tumanni ko‘zdan kechirgan Tojikiston prezidentining so‘zlariga asoslanib, News.tj xabar berdi. 

Emomali Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 20 yil davomida tumanda 2,5 ming gektardan ortiq yer sotilgan. 

O‘tgan yilning o‘zidayoq prokuratura organlari tomonidan yer oldi-sotdisi bo‘yicha 45 million somonilik 960 holat aniqlangan.

Shuningdek prezident 2015 yilda tumanda 32 gektar, 2016 yilda 3 gektar va joriy yilda 2,5 gektar yer sotilganini ta'kidladi. 

Rudakiy tumanida yer oldi-sotdisi bedavo kasallikka aylandi, so‘nggi uch yilda yerlarning sotilib ketishi tufayli 58 dehqon xo‘jaligi g‘oyib bo‘ldi, deydi Emomali Rahmon.

Shuningdek davlat rahbari Rudakiy tumanidagi jinoyatchilikning o‘sishidan tashvishda ekanini bayon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning sakkiz oyida o‘tgan yilning xuddi shu vaqtiga nisbatan 17 foizga ko‘p jinoyatchilik sodir etilgan. Oxirgi to‘rt yilda tumandagi qator terrorchi tashkilotlar safida ishtirok etgan 168 kishiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid