Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehqon xo‘jaliklari xaritasi: eng katta ulush Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda 422 309 ta dehqon xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Hududlar kesimida dehqon xo‘jaliklari soni bo‘yicha Andijon, Samarqand va Xorazm viloyatlari yetakchilar qatoridan o‘rin olgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari soni 422 309 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida dehqon xo‘jaliklari quyidagicha taqsimlangan:
- Andijon viloyati – 68 103 ta;
- Samarqand viloyati – 50 693 ta;
- Xorazm viloyati – 44 353 ta;
- Farg‘ona viloyati – 42 823 ta;
- Namangan viloyati – 39 739 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 34 353 ta;
- Buxoro viloyati – 29 815 ta;
- Surxondaryo viloyati – 28 675 ta;
- Toshkent viloyati – 23 780 ta;
- Jizzax viloyati – 20 630 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 14 478 ta;
- Sirdaryo viloyati – 13 370 ta;
- Navoiy viloyati – 11 457 ta;
- Toshkent shahri – 40 ta.
Statistik ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, dehqon xo‘jaliklari soni bo‘yicha Andijon viloyati mamlakatda peshqadam hisoblanadi. Undan keyingi o‘rinlarni Samarqand va Xorazm viloyati egallab turibdi.
Mazkur ko‘rsatkichlar dehqon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi hamda aholi bandligida muhim o‘rin tutayotganini, ayrim hududlarda kichik qishloq xo‘jaligi sub’yektlari soni yuqori ekanini namoyon etmoqda.
Mavzuga oid
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026