Jahon | 22:35 / 04.10.2017
14063
2 daqiqa o‘qiladi

Navalniy hafta oxirida Umumrossiya norozilik namoyishi bo‘lib o‘tishini e'lon qildi

Foto: TASS

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 7 oktabrda butun Rossiya bo‘ylab norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tishini e'lon qildi. Navalniyning shtablari ochilgan Rossiyaning 80 ta shahrida namoyishlar o‘tishi ma'lum qilindi. Barcha istovchilar ularga qo‘shilishga chorlanganlar.

Bosh tadbir Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi. Navalniyning saytida ma'lum qilinishicha, Moskvada Pushkin maydonida namoyish o‘tkazilishiga ariza berilgan. Shahar rahbariyati arizani rad etgan va boshqa maydonni taklif qilmagan.

"Bu esa Rossiya konstitutsiyaviy sudiga muvofiq, biz Tver ko‘chasiga ruxsat olingan va to‘liq qonuniy tadbirga chiqishimizni anglatadi. Istang turing, istang yuring, istang yoting, istang kuylang", deb aytilgan xabarda.

"Bizning vazifa 7 oktabrni Rossiyadagi har bir vijdonli odam eshittirib yoki juda bo‘lmasa o‘ziga ikkita talabni aytadigan kun qilishdir. Bu talablar – siyosiy  raqobat va Navalniyning saylovlarga qo‘yilishidan iborat", deb aytgan Navalniy.

Navalniyning Moskva va Sankt-Peterburgda norozilik aksiyalari o‘tkazish bo‘yicha arizalari rad etilgan. 

Navalniy va uning shtabi boshlig‘i Leonid Volkov 2 oktabrda namoyishlarni tashkil qilish qoidalarini buzganliklari uchun 20 sutkalik ma'muriy hibsga olinganlari ma'lum qilingandi.

Rossiyada 26 mart va 12 iyunda Navalniy boshchiligida korrupsiyaga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tgan.  Ikkala namoyishlarda ham yuzlab odamlar qo‘lga olingan. Shuningdek, politsiyachilarga hujum qilish bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilib, bu ishlar bo‘yicha o‘tayotganlar real qamoq jazosiga mahkum qilinganlar.

Mavzuga oid