Kreml 9 may kuni Moskvada bölib ötadigan tantanalarda iştirok etişini tasdiqlagan xorijiy mehmonlar röyxatini e’lon qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Asosiy röyxat quyidagiça:

  • Aleksandr Lukaşenko
  • Badra Gunba – tan olinmagan Abxaziya prezidenti (rafiqasi bilan);
  • Alan Gagloyev – tan olinmagan Janubiy Osetiya prezidenti;
  • Thongloun Sisulit – Laos prezidenti;
  • Sulton Ibrohim – Malayziyaning oliy hukmdori (qiroli);
  • Robert Fitso – Slovakiya boş vaziri;
  • Bosniya va Hersegovina tarkibidagi Serb Respublikasi rahbariyati: Sinişa Karan (prezident), Nenad Stevandiç (Xalq majlisi raisi, rafiqasi bilan), Milorad Dodik (Mustaqil sotsial-demokratlar ittifoqi partiyasi rahbari, rafiqasi bilan).

Bu ötgan yilga nisbatan kamtarona röyxatdir. Xususan, unda Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlaridan heç kim yöq.

Taqqoslaş uçun, 2025 yilgi yubiley tantanalarida Xitoy raisi Si Jinping, Braziliya prezidenti Lula da Silva va boşqalar bilan birga 30 ga yaqin yetakçi bor edi.

Bu yilgi parad qisqartirilgan formatda – «operativ vaziyat» tufayli oğir harbiy texnikalarsiz ötkaziladi.

Masalan, Fitso Noma’lum askar qabriga gul qöyişni rejalaştirmoqda, ammo paradning özida iştirok etmasligi mumkin.