Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar Airways yo‘lovchisi musulmonlar sha'niga bildirgan so‘zlari uchun qamalishi mumkin
Foto: twitter.com/@qatarairways
Qatarning Qatar Airways milliy aviakompaniyasi yo‘lovchisi samolyotdagi o‘rindig‘i tirsakqo‘ygichiga musulmonlarning nafsoniyatiga teguvchi iborani tirnab yozgani uchun qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Bu haqda Evening Standard nashri xabar bermoqda.
Voqea bu qilmishni amalga oshirishda ayblanayotgan 36 yoshli yo‘lovchi Jozef Breslin biznes-klass bilan Londonga uchayotganda sodir bo‘lgan. Nashrning yozishicha, unga samolyotdagi xizmat ko‘rsatish yoqmagan. Bundan tashqari, u parvozdan charchagan holda bo‘lgan va bularning barchasi uni haqoratli iborani yozishga undagan.
Samolyot qo‘nishi bilan, Breslin shu so‘zlarni salfetkaga ham yozib, uni musulmoncha kiyimda bo‘lgan ikki yo‘lovchi oldiga otgan. Ma'lum qilinishicha, ushbu hodisa 8 iyulda yuz bergan va shundan keyin Breslin hibsga olingan.
Breslinning sudda aytishicha, u yo‘lovchilardan birining xatti-harakatidan g‘azabga kelgan. Ayblanuvchining ta'kidlashicha, yo‘lovchi uning jahlini chiqarish uchun ataylab atrofga atir sepa boshlagan. Breslin o‘z aybini tan olgandan keyin, 31 oktabrda hukm chiqarilguncha garov puli evaziga qo‘yib yuborilgan. O‘shanda sudya Breslin qamoq jazosiga tortilishi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
14:34 / 13.06.2025
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi
12:15 / 02.02.2025
2024 yilda havo transporti va temiryo‘l orqali jo‘natilgan yo‘lovchilar soni ma’lum qilindi
12:24 / 26.01.2025
2024 yilda Toshkent metrosida qancha yo‘lovchi tashilgani ma’lum qilindi
16:07 / 16.01.2025