Joriy yil 5 fevral kuni soat 8:30 da Centrum Air’dan Urganç—Toşkent yönalişiga çipta olgan yölovçilarga reys soat 9:10 ga köçirilgani haqida tunda xabar berilgan. Röyxatga oliş soat 8:25 gaça amal qilişi bildirilgan. Biroq aeroportga 8:10 atrofida yetib kelgan ayrim yölovçilarga “samolyotda joy qolmagani” aytilgan. Yölovçilardan birining ta’kidlaşiça, reysdan qolganlar orasida operatsiyaga, davlat imtihonlariga yoki xalqaro ulanma (transfer) reyslarga ketayotgan fuqarolar ham bölgan. U çiptani aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali xarid qilganini aytadi.
Kun.uz holat yuzasidan Centrum Air bilan boğlandi. Kompaniya vakilining ma’lum qilişiça, parvoz kuni mazkur reysni amalga oşirişi kerak bölgan samolyot texnik sabablar bilan kiçikroğiga (siğimi kam) almaştirilgan. Natijada ayrim yölovçilar rejalaştirilgan reys bilan uçib keta olmagan.
Kompaniya pozitsiyasiga köra, yuzaga kelgan vaziyatda aviakompaniya öz zimmasiga tuşgan barça majburiyatlarni bajargan. Xususan, yölovçilarga zudlik bilan muqobil parvoz variantlari taklif qilingan, çiptalar yönaliş böyiça eng yaqin reyslarga qayta rasmiylaştirilgan va “siğmay qolgan” barça yölovçilar joy bilan ta’minlangan. Kompaniya keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söraganini ham bildirdi.
Şuningdek, aviakompaniya vakili kompensatsiya sifatida uşbu holatga duç kelgan yölovçilarga keyingi parvozlar uçun çegirmalar berilganini aytdi. Qöşimça ravişda ayrim yölovçilar körgan ehtimoliy moliyaviy yoki boşqa zararlar haqidagi ma’lumotni faqat keyinroq olganini, bu masala böyiça hozirça rasmiy murojaat kelib tuşmaganini bildirdi.
Reysdan qolgan fuqarolarning biletlari taxminan 15 soat keyingi, soat 23:30 dagi reysga köçirib berilgan. Biroq ayrim yölovçilar uçun bu qaror operatsiya, davlat imtihoni yoki xalqaro ulanma reys kabi vaqtga boğliq masalalarda yetarli yeçim böla olmagan.
Avvalroq Centrum Air samolyotidagi texnik nosozlik tufayli 2025 yil 21 dekabr kuni uçişi kerak bölgan Qozon—Toşkent reysining 200 dan ortiq yölovçilari 27 soat aeroportda qolib ketgandi.
2025 yil 26 sentabr kuni aynan uşbu kompaniya bir öringa 2 ta çipta sotişi natijasida ikki fuqaro Istanbul aeroportida qolib ketgandi. Aviakompaniya xatosi bilan Istanbul—Namangan reysiga siğmay qolgan fuqarolarga Raqobat qömitasi aralaşuvi bilan kompensatsiya undirib berilgandi








