Yevropaning eng yirik aviakompaniyasi Ryanair xatti-harakati parvozdan olib tashlashga sabab bo‘luvchi yo‘lovchilarga 500 yevro jarima soladi. Bu haqda 12 iyun, payshanba kuni loukoster ma’lum qildi. Aviakompaniya jarima «to‘xtatuvchi vosita bo‘lib, samolyot bortidagi nomaqbul xatti-harakatlarni yo‘q qilishga yordam beradi» deb umid qilmoqda.
«Bir itoatsiz yo‘lovchining xatti-harakati tufayli yo‘lovchilar uchun keraksiz noqulayliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», dedi Ryanair vakili.
Jarimalar «to‘g‘ridan to‘g‘ri bron qilish uchun foydalanilgan kartadan» undiriladi — bu o‘zgartirish allaqachon kiritilgan.
Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab reyslardagi uzilishlarga «janjalkash yo‘lovchilar» sabab bo‘lgan. 2025 yil yanvarida Ryanair yo‘lovchining tartibsiz xatti-harakati tufayli Dublindan Kanar orollaridagi Lansarotega uchgan reysni Portugaliyaning Portusiga yo‘naltirganidan keyin undan 15 000 yevro tovon talab qildi.











