Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli tumanida fuqaro 3 kilogramm marixuana bilan ushlandi
2017 yilning 2 oktabr kuni taxminan soat 16:30larda, “Do‘stlik” tadbiriga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB PPXB xodimlari tomonidan olib borilgan xizmat davrida, Sergeli tumani, O‘zgarish maxallasi, Qipchoq ko‘chasidan o‘tib ketayotgan fuqaro 1994 yilda tug‘ilgan B.A.R. to‘xtatib tekshirilganda, uning yonidan oq sellofan paketga solingan og‘irligi 3 kilogramm 63 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
08:26 / 25.06.2026
5 kilogrammdan ortiq gashish, marixuana va minglab dori vositalari aniqlandi
11:45 / 18.05.2026
“Boshim og‘riganda choy qilib ichib turardim” – Qashqadaryoda IIB xodimi uyidan marixuana topildi
10:29 / 20.02.2026
Sergelida YTH: “Matiz” va Hongqi to‘qnashdi
14:36 / 18.02.2026