Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan giyohvandlik vositalari va kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi qaratilgan bir qator tezkor tadbirlar ötkazildi.
Xususan, Qarşi – Toşkent yönalişida harakatlanayotgan «Kobalt» rusumli avtomaşina YPX maskanida tekşirilganda, unda yölovçi sifatida ketayotgan Andijon viloyati Buloqboşi tumanida yaşovçi 1966 yilda tuğilgan fuqaroning qöl sumkasidan jami 5 kilogramm 32 gramm «gaşiş» giyohvandlik vositasi aniqlandi.

Yana bir holatda Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida yaşovçi 1974 yilda tuğilgan şaxs öz tomorqasida 33 tup kannabis ösimligini yetiştirib kelayotgani foş etildi. Şuningdek, uning xonadondan 7 kilogramm 79 gramm «marixuana» giyohvandlik vositasi ham olindi.


Farğona viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Andijon – Qöqon yönalişida harakatlanayotgan «Lasetti» rusumli avtomaşina töxtatilib, undagi ikki yölovçiga tegişli qoplardan 1200 dona «Tropikamid» kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi topildi.

Tadbir davomida ular bilan boğliq bölgan yana uç nafar şaxs uşlanib, ulardan jami 345 dona «Tropikamid» hamda 15 dona «Regapen» dori vositalari aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Tergov davomida mazkur şaxslar kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini Qirğizistondan aylanma yöllar orqali olib kelib, sotiş bilan şuğullangani aniqlangan.
Hozirda barça holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan bölib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

















