Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobilda yuklarni shaharda va shahar atrofida tashishlar uchun litsenziyalar birlashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 18.09.2017 yildagi 739-son qarori bilan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Lisenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning qismlariga beriladi.
Ilgari mustaqil litsenziyalanadigan yuklarni shaharda, shuningdek shahar atrofida tashishlar birlashtirildi. Endi shahar va shahar atrofida avtomobilda yuk tashish uchun bitta litsenziya hamda shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar uchun alohida-alohida litsenziya olish mumkin.
Yuk tashishning barcha turlari uchun avvalgidek umumiy litsenziya endi berilmaydi (shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro).
Lisenziya berish uchun davlat boji stavkalari litsenziya (litsenziya kartochkasi) uchun to‘lov amalga oshirilgan kunda belgilangan EKIHga karrali miqdorda o‘rnatildi. Ilgari stavkalar AQSh dollarida belgilanar edi.
Mavzuga oid
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
17:25 / 27.10.2025
Qurilish qoidalarini buzgani uchun «Dream House Design» MChJning litsenziyasi bekor qilindi
09:03 / 16.10.2025