Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT ma'ruzachisi Farg‘onaga tashrif buyurdi
BMTning din va e'tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona shahriga tashrif buyurdi. Viloyat milliy madaniy markazi hamda diniy konfessiyalar faoliyati bilan yaqindan tanishishdan boshlandi.
Ahmad Shahid milliy madaniy markazlaridagi sharoitlar bilan tanishar ekan, turli millat vakillari ishtirokida o‘zaro suhbatlar o‘tkazildi.

Muloqotlar muqaddas dinimiz, milliy-diniy urf-odatlarimizni asrab-avaylash mavzularida bo‘ldi. Albatta, yurtimizda bu boradagi amal oshirilgan va hozirda ham davom etayotgan ishlar dunyo hamjamiyatining e'tiboridadir. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, obodlik muhiti, xalqimiz farovonligi asosi ham millatlararo tenglik kafolatlanganidan.

Tashrif davomida delegatsiya a'zolari ishtirokida milliy madaniy markazlar rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik me'yorlarining amaliyotiga e'tibor yanada kuchaytirilgani e'tirof etildi.

Shu kuni BMT vakillaridan iborat delegatsiya Buxoro viloyatiga jo‘nab ketishdi.
Ahror Ziyo, Farg‘ona
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026