Jahon | 18:20 / 06.10.2017
5172
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada havodagi radiofaollik darajasi keskin oshdi

Yevropada havoda radiofaollik miqdori oshgani kuzatilmoqda. Aniq manba noma'lum, mavjud bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra, u Sharqiy Yevropada joylashgan. Bu haqda Popular Mechanics xabar bermoqda.

29 sentabrdan boshlab Germaniya, Italiya, Avstriya, Shveytsariya va Fransiya kabi G‘arbiy hamda Markaziy Yevropa mamlakatlarida ruteniy-106 izotopi darajasining ortishi kuzatilmoqda.

Radiatsiyadan himoya qilish bo‘yicha federal idorasining (GFR) ta'kidlashicha, radiatsiya darajasining oshishi inson salomatligiga xavf solayotgani yo‘q.

Ruteniy-106 nur terapiyasi, xususan, ko‘z shishlarini davolashda ishlatiladi, izotop esa sun'iy yo‘ldoshlar yoqilg‘isida ham qo‘llaniladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid