Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ Braziliya milliy olimpiya qo‘mitasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Olimpiya xartiyasining 59-moddasi asosida Braziliya Milliy olimpiya qo‘mitasini vaqtincha chetlatdi. Bu haqda tashkilot saytida e'lon qilingan XOQ bayonotida so‘z yuritilgan, deyiladi TASS xabarida.
Bu qaror Braziliya MOQ raisi hamda Rio-de Janeyro-2016 tashkiliy qo‘mitasi rahbari Karlos Artur Nuzmanning korrupsiyada aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olingani sabab bo‘lgan.
Shu munosabat bilan XOQ Braziliya MOQ hisobiga o‘tkaziladigan barcha to‘lovlarni muzlatdi va 2016 yilgi o‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi bilan munosabatlarni to‘xtatdi.
Bayonotda ta'kidlanishicha, bu qaror braziliyalik sportchilarga aloqador emas. XOQ ularning 2018 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishiga ruxsat beradi. Ularga, shuningdek, Olimpiya stipendiyalari ham to‘lanadi.
Nuzman 5 oktabr kuni qo‘lga olingan. U Rio-de-Janeyro shahrining 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari poytaxti sifatida tanlanishi uchun 2,5 mln dollar pora berganlikda gumon qilinmoqda. Nuzmanni qo‘lga olish qarori, uning o‘z soliq deklaratsiyasida 16 ta oltin yombi xarid qilgani haqidagi ma'lumotni kiritishga uringanidan so‘ng qabul qilingan.
Mavzuga oid
08:48
Qoraqalpog‘istonda Kadastr bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
09:18 / 29.04.2026
Sirdaryoda soliqchi pora sifatida tilla taqinchoq olganda ushlandi
18:23 / 27.04.2026
O‘zbekiston bokschilari Jahon kubogi ilk bosqichida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
09:13 / 25.04.2026