Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik bolaning jasadi topildi
Qozog‘istonda bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik 14 yoshli bolaning jasadi Atirau viloyatida topildi. Bu haqda «Kazinform» xabar tarqatgan.
«5 oktabr kuni Jilio‘y tumanida o‘smirning jasadi topildi. Taxminlarga ko‘ra, u sentabr oyi boshida bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik Asilbek Hamroyev. Biroq, bu faqat dastlabki ma'lumot. Hozirgi paytda uning shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuning uchun u aynan Asilbek Hamroyev ekanini aniq tasdiqlay olmaymiz», - deya xabar berishgan viloyat Ichki ishlar departamenti matbuot xizmatidan.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirlarida ayni paytda Qozog‘iston Respublikasida ishlab, yashayotgan o‘zbekistonlik Umida Hamroyeva KUN.UZ tahririyati bilan bog‘lanib, farzandi Asilbek Hamroyev bedarak yo‘qolib qolgani haqida ma'lum qilgandi.
Umida Hamroyeva so‘nggi 2 yil davomida Qozog‘istonning Atirau shahrida mehnat qilib keladi. Shu paytgacha, 2002 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Asilbek ham onasi bilan birga Qozog‘istonda yashagan. Asli Buxoro viloyatidan bo‘lgan Umida Hamroyeva turmushi bekor bo‘lgani, bolani qarindoshlarining qaramog‘ida qoldirish imkoniyati yo‘qligi tufayli, Asilbekni o‘zi bilan Atirauga olib ketgani haqida aytgandi.
Ona o‘z bolasini oxirgi marta O‘zbekistonga vaqtincha qaytishdan avval ko‘rgan. Oila ijaraga yashab kelayotgan xonadon egasi Asilbekka g‘amxo‘rlik qilishga va'da berib, Umidani O‘zbekistonga kuzatib yuboradi. Keyinroq joriy yilning 2 sentabr kuni Asilbek Hamroyev uydan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgandi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025