
Ayni paytda Qozoğiston Respublikasida işlab, yaşayotgan özbekistonlik Umida Hamroyeva Kun.uz tahririyati bilan boğlanib, farzandi Asilbek Hamroyev bedarak yöqolib qolgani haqida ma'lum qildi va amaliy yordam körsatişni söradi.
Umida Hamroyeva sönggi 2 yil davomida Qozoğistonning Atirau şahrida mehnat qilib keladi. Şu paytgaça, 2002 yilda tuğilgan öğli Asilbek ham onasi bilan birga Qozoğistonda yaşagan. Asli Buxoro viloyatidan bölgan Umida Hamroyevaning aytişiça, uning turmuşi bekor bölgan, bolani qarindoşlarining qaramoğida qoldiriş imkoniyati yöqligi tufayli, Asilbekni özi bilan Atirauga olib ketgandi.

Ona öz bolasini oxirgi marta Özbekistonga vaqtinça qaytişdan avval körgandi. Oila ijaraga yaşab kelayotgan xonadon egasi Asilbekka ğamxörlik qilişga va'da berib, Umidani Özbekistonga kuzatib yuboradi. Keyinroq aniqlanişiça, joriy yilning 2 sentabr kuni Asilbek Hamroyev uydan çiqib ketib, bedarak yöqolgan. Uning onasi bu voqeadan Qozoğistonga qaytib kelgaç, ya'ni 9 sentabr kuni xabar topdi. Xonadon egasining qistovi va yupatişi tufayli mahalliy huquq-tartibot organlariga rasmiy murojaat qilmay, mustaqil qidiruv işlarini boşlab yuboradi.
Ammo vaziyat özgarmay qolayotgani uçun u 11 sentabr kuni tuman Içki işlar boşqarmasiga murojaat etgan. Muştipar ona rasmiy murojaati ham samarali natija bermayotganiga anglagaç, Özbekistonning Qozoğistondagi elçixonasiga murojaat qiladi.
Hamroyevaning aytişiça, Qozoğiston içki işlar xodimi, tergovçi Mukaşiv Amongeldi uning Özbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini tortib olib, «bu işlar şu joyning özida» hal bölişini aytib, elçixonaga borişiga tösqinlik qilib kelmoqda.
Kun.uz tahririyati ayni paytda Qozoğistonda bölgan özbekistonliklardan Umida Hamroyevaga yordam berişni sörab, Taşqi işlar vazirligini uşbu holat yuzasidan tegişli çora-tadbirlar körişga çaqiradi.
Bu borada ma'lumotga ega kişilar Umida Hamroyevaning telefon raqamiga qönğiroq qilişi mumkin: +7 771 602 90 22










