O‘zbekiston | 08:52 / 06.10.2017
30602
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi maqomi bo‘yicha vazirga tenglashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1 oktabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba'zi qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi” qarorni chiqardi.

Hujjat bilan “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi, uning o‘rinbosarlari, “O‘zburneftgaz”, “O‘zneftgazqazibchiqarish”, “O‘ztransgaz”, “O‘zneftmahsulot”, “O‘zneftgazmash” AJlar boshqaruvi raislari o‘z lavozimiga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi. 

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi maqomi bo‘yicha vazirga, “O‘zbekneftgaz” AJ raisining birinchi o‘rinbosari – vazirning birinchi o‘rinbosariga, “O‘zbekneftgaz” AJ raisining o‘rinbosarlari – vazir o‘rinbosarlariga tenglashtirildi.

Belgilanishicha, “O‘zburneftgaz”, “O‘zneftgazqazibchiqarish”, “O‘ztransgaz”, “O‘zneftmahsulot”, “O‘zneftgazmash” AJlar “O‘zbekneftgaz” AJning sho‘'ba xo‘jalik jamiyatlari sanaladi.

Hujjat 04.10.2017 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid