Jamiyat | 08:00 / 07.10.2017
4708
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikadagi aviahalokatda 7 harbiy halok bo‘ldi

Foto: @LupitaJuarezH/twitter.com

Meksikaning Durango shtatida Bell 412 harbiy samolyotining qulashi oqibatida 7 harbiy halok bo‘ldi. 

Bu haqda Meksika mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda The Sacramento Bee xabar bermoqda. Ta'kidlanishicha, vertolyot mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Falokat vaqtida vertolyot bortida 2 uchuvchi va 6 nafar harbiy bo‘lgan. Harbiylardan biri omon qolgan, u vertolyot vayronalari ostidan chiqarib olinib, shifoxonaga olib ketilgan.

Falokat sabablari hozircha o‘rnatilmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid