Fan-texnika | 08:28 / 07.10.2017
17113
2 daqiqa o‘qiladi

Toyota yuk tashuvchi avtomobilni yo‘ltanlamas bilan “chatishtirdi”

Toyota kompaniyasi Tj Cruiser nomli kontseptni taqdim etdi – bu Toolbox (asbob-anjomlar uchun quti) va joy (mamnuniyat) so‘zlaridan iborat harflar kombinatsiyasidir. Ishlab chiqaruvchining vakillaridan ma'lum bo‘lishicha, bu “yangi janrdagi” avtomobil bo‘lib, u o‘zida yuk tashuvchi avtomobil kengligi va yo‘ltanlamasning tajovuzkor dizaynini birlashtiradi.

Foto: Tj Cruiser

Yangilikning umumiy uzunligi - 4300 millimetr, kengligi - 1775 millimetr, balandligi - 1620 millimetr, g‘ildirak bazasi o‘lchami esa 2750 millimetrga teng. "Krossven" RAV4 (30 santimetrgacha qisqartirilgan) o‘lchamidan ancha kichikroq. U o‘z hajmi bilan, masalan, Renault Duster (uzunligi 4315 millimetr) va Hyundai Creta (4270 millimetr)ga yaqinlashgan.

Tj Cruiser’ning tomi, qanotlari va kapoti maxsus materiallar bilan qoplangan bo‘lib, ular qirilishlar hamda kichik zararlardan himoya qiladi. Avtomobil saloni - to‘rt o‘rinli. Bu holda, orqa o‘rindiqlar va old yo‘lovchi joyini tekis polga aylantirish mumkin. Bunday holatda, avtomobil uzunligi uch metrga qadar bo‘lgan buyumlarni, masalan, syorfing uchun taxtani o‘zida olib yurish imkoniga ega.

Foto: Tj Cruiser
Foto: Tj Cruiser

Kontsept modulli TNGA shassisida qurilgan va ikki litrli benzinli dvigatelga asoslangan gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlangan. Kompaniya batafsil texnik ma'lumotlarni ochiqlamagan. Shu bilan birga, “Toyota” bunday avtomobil ham to‘la uzatmali, ham faqatgina old uzatmali bo‘lishi mumkinligiga aniqlik kiritdi.

Foto: Tj Cruiser

Tj Cruiser’ning debyuti oktabr oyining oxirida Tokiodagi motorshouda bo‘lib o‘tadi. Avtomobil seriyali bo‘lishi yoki bo‘lmasligi hozircha noma'lum.

Foto: Tj Cruiser

 

Mavzuga oid