20:11 / 07.10.2017
14189

O‘zbekiston kubogi. Ikkinchi finalchi nomi ham aniq bo‘ldi

Foto: Lokomotiv

O‘zbekiston kubogining 1/2 finalidan o‘rin olgan ikkinchi yarim final uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Unda «Nasaf» o‘z uyida «Lokomotiv»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning ikkinchi qismiga kelib Vladislav Tseytlin Nesterov darvozasi tomon penalti belgiladi. Penaltini mezbonlar hujumchisi Dragan Cheran bajardi. Uning birinchi zarbasini Nesterov qaytardi, ammo qaytgan to‘pni Cheranning o‘zi yana darvozaga aniq yo‘llab hisobni ochdi.

Foto: Lokomotiv 

O‘yinning qolgan daqiqalari juda asabiy ruhda kechgan bo‘lsada, darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Natijada «Lokomotiv» birinchi o‘yindagi 3:1 hisobidagi g‘alabasi evaziga final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi finalda jamoa Toshkentning boshqa bir jamoasi «Bunyodkor»ga qarshi maydonga tushadi.

Foto: Lokomotiv 

O‘zbekiston Kubogi, 1/2 final
Javob uchrashuvi

«Nasaf» – «Lokomotiv» 1:0 (0:0)

Gol: Dragan Cheran (74)
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Azizjon G‘aniyev (Bobur Abduxoliqov, 87), Odiljon Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, Islom Kenjaboyev (Shahboz Erkinov, 64), Igor Golban, Farruh Sayfiyev, Dragan Cheran, Jasur Hasanov, Umarbek Eshmurodov.

«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev (Sadriddin Abdullayev, 79), Marat Bikmayev (Jaloliddin Masharipov, 60), Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev, Timur Kapadze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Murodbek Bobojonov (Azizbek Amonov, 77), Oleg Zoteyev, Sherzod Fayziyev.
Ogohlantirishlar: Bobur Abduholiqov (90) — Marat Bikmayev (8), Murodbek Bobojonov (62), Ikrom Aliboyev (70), Kaxi Maxaradze (73), Ignatiy Nesterov (90+4), Sadriddin Abdullayev (90+6). 

Top