21:49 / 07.10.2017
9446

«Zenit» sport direktori vafot etdi

Rossiyaning «Zenit» klubi sport direktori Konstantin Sarsaniya 49 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda «Sport Biznes Online» nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Sarsaniya ikki kun muqaddam shifoxonaga yotqizilgandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra funktsionerning trombi uzilib qon tomiriga tiqilib qolishi kuzatilgan.

Sarsaniya «Zenit»ga joriy yilning mayida qaytgandi. Bungacha u 2006 yilda sport direktori lavozimida ishlagan bo‘lsa, 2008 yildan u jamoa prezidentining transfer va seleksiya ishlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. 2010 yildan boshlab esa RFI prezidentining sport ishlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagandi. 2013 yildan 2017 yilga qadar Sarsaniya «Atlantas» jamoasida bosh murabbiy bo‘lib ishlagandi.

Top