«Kataloniya - Ispaniyaniki». Barselona ko‘chalarida yana namoyishlar
«Biz barchamiz birgamiz!», «Yetar! Sog‘lom fikrlaylik», «Ular jamiyatni parchalashdi», «Biz ko‘pchilikmiz», «Kataloniyani bo‘lib tashlashlarini istamaymiz» - bugun Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqil bo‘lishini istagan minglab kishilar shu shiorlar bilan Barselona ko‘chalariga chiqishgan.
Miting tashkilotchilari ma'lumotiga ko‘ra, bugun ko‘chaga chiqqan namoyishchilar soni 950 ming nafardan oshadi.
Barselona politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra esa, mitingda jami bo‘lib 350 mingga yaqin kishi qatnashgan.
«Millatchilik harakatlari Kataloniyani chulg‘ab olgan. Biz bu yerda bu tartibsizlikni to‘xtatish uchunmiz», — degan yozuvchi, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Mario Vargas Losa.
U Ispaniyani «ozodlik va qonunlar ustivor» davlat sifatida himoya qilishga chaqirgan.
«Ularning mustaqillik uchun harakatlari Ispaniyani bo‘lib tashlashga qaratilgan. Karles Puchdemon (Barselona jyeneraliteti rahbari), Oriol Junkeras (Kataloniya hukumati rahbari o‘rinbosari) va Karme Forkadel (Kataloniya parlamenti spikeri) 500 yillik tarixni yo‘q qilmoqchi bo‘lishgani uchun jazolanishi kerak», degan yozuvchi.
«Kataloniya fuqarolik jamiyati» tomonidan tashkil etilgan mitingni yana 50ta turli tashkilotlar, shu jumladan bir qancha siyosiy partiyalar - Milliy partiya, «Fuqaro» partiyasi ham qo‘llab-quvvatlagan. Bundan tashqari, mitingda katalon sotsialistlari faol bo‘lishgan.
Kataloniyaning Ispaniyadan alohida ajralib chiqishini nazarda tutuvchi mustaqillik referendumi 1 oktabr kuni o‘tkazilgandi. Ispaniya Konstitutsion sudi referendumdan avvalroq uni noqonuniy deb baholagan, referendum kuni ispan politsiyasi saylov uchastkalariga borish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan, natijada tinch aholi vakillari bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergandi.
Shunday sharoitda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra, 90 foizdan ortiq kishi mustaqillikni yoqlagan. Referendumda davomat 43,03 foizni tashkil qilgan.
Ispaniya qiroli Felipe VI fuqarolarga qilgan murojaatida Kataloniya hukumati ruxsatsiz referendum o‘tkazish orqali «bo‘ysunmaslik» harakatini namoyish etib, «Ispaniya birligiga daxl qilish»da aybladi.
Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy ular «qonuniy o‘zanga qaytmagunicha» Kataloniya hukumati bilan hech qanday muzokaralar o‘tkazilmasligini aytdi.
Kataloniya parlamenti 10 oktabr kuni yig‘ilish o‘tkazadi. Unda jyeneralitet raisi (Kataloniya hukumati) Karles Puchdemon referendumning yakuniy natijalarini e'lon qilishi kutilmoqda. Ushbu yig‘ilish vaqtida parlament mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilishi istisno etilmayapti.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
12:52 / 27.10.2024