Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay o‘z aeroportlarida to‘liq avtomatlashgan chegara nazorati joriy qilmoqchi
Dubay yaqin yillar ichida aeroportlardagi chegara nazoratini to‘liq avtomatlashgan rejimga o‘tkazmoqchi, deb xabar bermoqda Arabian Business nashri.
Dubay aeroportining terminallaridan birida chegara nazoratini soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi "aqlli darvozalar" ishlamoqda.
Dubayning rezidentlik masalalari va xorijliklar ishlari bo‘yicha direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Ubayd bin Surura al-Hamiriyning aytishicha, Dubay "odam ishtirok etmaydigan 100 foiz virtual chegaraga" intilmoqda.
Al-Hamiriyning ta'kidlashicha, Dubayning ikkita aeroporti yuklanganligi 2020 yilda 124 mln yo‘lovchiga yetadi va aynan shu sababli chegarada tezkor nazorat bo‘lishi ustuvor hisoblanadi. Amaldorning aytishicha, bunda "xavfsizlik, tezlik va sifat" o‘rtasida muvozanatni saqlab qolish lozim.
Al-Hamiriyning ta'kidlashicha, hozirda "aqlli darvozalar" yo‘lovchilarning navbatda turish vaqtini qisqartirishga yordam bergan. Bunday darvozalarni Dubay aeroportining qolgan terminallarida ham o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026