Qishga tayyorgarlik: joylarda ko‘mir va ko‘mir-briketning narxi qancha?
Kuz-qish mavsumi kirib kelishi bilan respublikaning olis tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi aholi ehtiyojidan kelib chiqib, «O‘zbekko‘mir» AJ belgilangan rejaga asosan, hududiy ko‘mir yetkazib berish markazlariga va uning filiallariga ko‘mir hamda ko‘mir-briket mahsulotlarini tarqatishni boshlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasiga ko‘mir hajmlari qo‘yilishi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlangan ko‘mir resurslari va ularni taqsimlash balansi hamda Davlat demonopolizatsiya qilish va raqobatni kuchaytirish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan jadval bilan nazarda tutilgan hajmlar doirasida amalga oshiriladi. Bunda boshlang‘ich narxlar sifatida Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Deklaratsiya qilingan narxlar reyestriga muvofiq narxlar qo‘llaniladi.
Kun.uz'ga ma'lum bo‘lishicha, 2017 yilda joylarga yetkazib berilgan ko‘mirning 1 tonnasi 156,600 so‘m, ko‘mir-briketning 1 kilogrammi esa 238 so‘m etib belgilangan. Ayni paytda O‘zbekistonning barcha viloyatlariga ma'lum grafik asosida yetkazilgan ko‘mir mahsulotlari ijtimoiy obekt, byudjyet hisobidagi tashkilot va idoralar, shuningdek, aholiga sotish boshlangan.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan «Andijon ko‘mir yetkazib beruvchi» unitar korxonasi mutasaddi vakilining bergan ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning oktabr oyi kesimi viloyatga 15 ming 401 tonna ko‘mir, bundan tashqari, 2 ming 400 tonna ko‘mir-briket mahsuloti yetkazib berilgan. Vakilning aytishicha, mazkur ko‘rsatkich noyabr oyida o‘sishi kutilmoqda.
Shuningdek, «Samarqand ko‘mir yetkazib beruvchi» unitar korxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, oktabr oyining o‘zida 16,1 ming tonna ko‘mir hamda 12,9 ming tonna ko‘mir-briket byudjyet hisobida faoliyat yurituvchi xo‘jaliklarga, xususan, ijtimoiy obektlarga yetkazib berilgan. Korxona rasmiy vakilining aytishicha, 1 noyabrga qadar aholiga 80 ming tonna, shundan 57 ming tonna ko‘mir va 23 ming tonna ko‘mir-briket yetkazib berish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekenergo» DAK elektr stansiyalari, byudjyetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va aholidan tashqari, ko‘mirning barcha iste'molchilarga realizatsiya qilinishi birja savdolari orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Bunda birja savdolarida ko‘mir qazib olish korxonalari sotuvchi, ko‘mirdan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi iste'molchilar xaridorlar bo‘ladi. Birja savdolarida xarid qilingan ko‘mir qayta sotilishi mumkin emas.
Mavzuga oid
14:36 / 13.11.2024
Imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi
10:02 / 19.10.2024
Surxondaryoda aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan 1 400 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
12:08 / 27.09.2024
Xorazmda MChJ mas’ul shaxslari ijtimoiy soha obektlariga beriladigan ko‘mir uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirdi
07:55 / 10.07.2024