Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi savdo markazida yuz bergan yong‘inni o‘chirishga 15 soat vaqt ketdi
Moskva viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan xabar berishlaricha, hudud shimoli-g‘arbidagi «Sindika» savdo markazida ro‘y bergan yong‘in bartaraf etilgan. O‘t o‘chiruvchilarning ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan soat ertalabki 7.00lar atrofida o‘chirilgan.
FVVdan aytishlaricha, yong‘in maydoni 55 ming kvadrat metrga teng bo‘lgan. Binodan taxminan uch ming kishi evakuatsiya qilindi. Shuningdek, savdo markazida taxminan 300 kvadrat metr pavilonlarni qamrab olgan tom qulab tushgan. Hodisa oqibatida uch kishi jabrlandi.
Kecha Moskva avtomobil halqa yo‘lining 65-kilometri atrofida, Strogino tumani yaqinida "Sindika" qurilish markazining yer osti avtoturargohida yirik yong‘in chiqqani xabar berilgandi. Ma'lum qilinishicha, yuqori harorat oqibatida avtoturargohdagi avtomobillar portlay boshlagan.