Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘anni matbuot anjumanida mudroq bosdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida uxlab qolmaslik uchun bor kuchini sarfladi. Esnashga qarshi kurashgan Erdo‘g‘an videosini Sputnik Turkiya agentligi Twitter sahifasiga joyladi.
Erdo‘g‘an esnab, ko‘zlarini yumgan, boshini kaftlariga qo‘ygan, hatto Poroshenko hamkasbining diqqatini tortish uchun onda-sonda stolni taqillatishga majbur bo‘lgan.
9 oktabr kuni Erdo‘g‘an Kiyevga rasmiy tashrif bilan keldi. Poroshenko matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolkoning qayd etishicha, Ukraina va Turkiya prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralar belgilangan 45 daqiqa o‘rniga 3 soat davom etgan.
Twitter foydalanuvchisi FilizATAR4 esa, mazkur holatda Tom and Jerry multfilmini yodga olgan. Unda mudroq bosgan mushuk uxlab qolmaslik uchun plastir bilan qovog‘ini peshonasiga yopishtirib qo‘yadi. Ammo, Erdo‘g‘anning lavozimlarini sanab, uni to‘g‘ri tushunganlar, achinganlar ham topildi.
«Turkiya Jumhuriyati prezidenti, bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri, Bosh shtab boshlig‘i va b. U charchaydi», — deb qayd etgan @1freedomman142.
Mavzuga oid
09:51 / 15.10.2019
Tramp Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
00:34 / 27.09.2019
Misr Erdo‘g‘anning Mursiy haqidagi so‘zlari uchun Turkiyaga norozilik bildirdi
22:00 / 24.09.2019
Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirdi
19:04 / 21.09.2019