Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sochida Rossiya va Tojikiston prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda
Sochidagi Bocharov Ruchey qarorgohida Rossiya va Tojikiston prezidentlari Vladimir Putin va Imomali Rahmon uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 10 oktabrda Rahmon Sochiga yetib keldi. U bu yerda MDH davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Yig‘ilishda ko‘p tomonlama hamkorlikning joriy holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar bo‘yicha fikrlar almashiladi, MDHda 2018 yilda raislik qiluvchi davlat masalasi ko‘rib chiqiladi.
Sammit yakunlariga ko‘ra MDHga a'zo davlatlar rahbarlarining oila institutlari va an'anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash, 2019 yilni Kitob yili, 2020 yilni Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi yili deb e'lon qilinishi haqidagi bayonot va MDH davlatlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.
Tojikiston prezidenti Sochida, shuningdek, MDH davlatlarining rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
08:29 / 18.06.2026