18 iyun kuni Qozoğistonning Ostona şahrida MDH Qurolli Kuçlari ştab boşliqlari qömitasining yiğilişi bölib ötdi, unda harbiylar «dunyodagi va Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyat»ni muhokama qildi.

Qozoğiston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, sakkiz mamlakat - Ozarboyjon, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston harbiy departamentlari vakillari poytaxtda töplanişdi.

Harbiylar hamkorlikni rivojlantiriş, harbiy aviatsiya parvozlari xavfsizligi, radiatsiya, kimyoviy va biologik tahdidlardan himoya qiliş va zamonaviy qurollardan foydalaniş masalalarini muhokama qildi.

Qozoğiston Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga köra, ular raketa va artilleriyadan jangovar foydalaniş va minalardan tozalaş masalalarini «alohida muhokama qildi».

Qozoğiston Boş ştabi boşliği Kaniş Abubakirov MDH doirasidagi harbiy hamkorlik «muttasil kengayib borayotganini» ta’kidladi va MDH Mudofaa vazirlari kengaşi kotibi general-leytenant Yuriy Daşkin xulosalarni umumlaştirdi. Uçraşuvdan söng tomonlar yakuniy hujjatlarni imzoladi, ammo bu hujjatlarning tafsilotlari oşkor qilinmadi.