21:56 / 11.10.2017
5711

BMT: 13 mln suriyalik gumanitar yordamga ehtiyoj sezmoqda

Foto:aa.com.tr

Suriyada 13 mln kishi gumanitar yordamga ehtiyoj sezmoqda, deb ma'lum qildi BMTning gumanitar yordam koordinatori Panos Moumtsis Istanbuldagi Marriott Hotel Sisli mehmonxonasida o‘tgan matbuot-anjumanda.

Koordinatorning aytishicha, uning Turkiyaga kelishidan maqsad 2018 yilda Suriyaga gumanitar yordamni yetkazishni rejalashtirishdan iborat. 

"Oldinda qish va biz Turkiyaga Suriyaga gumanitar yordam yetkazishni muhokama qilgani keldik. Biz Suriyada va boshqa mintaqalardagi barcha kuchlarni gumanitar yordamni siyosiy qurolga aylantirmaslikka, uni siyosiy dastak sifatida qo‘llamaslikka chaqiramiz", deb aytdi Moumtsis.

Moumtsisning aytishicha, Suriyada 2,9 mln kishi shoshilinch gumanitar yordamga muhtoj,  400 mingga yaqin odam qamal qilingan tumanlarda yordam kutmoqda. 

Top