Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Qozog‘istonda benzin bilan bog‘liq vaziyatdan darg‘azab
Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayevga mamlakatdagi benzin bilan bog‘liq vaziyat tufayli hayfsan berdi, deb xabar qilmoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.
«Davlat rahbari farmoyishi bilan Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri taqdimnomasiga ko‘ra, ichki yoqilg‘i-moy materiallari bozori ustidan tegishli nazorat o‘rnatilmagani, yuklatilgan vazifalarni yetarli darajada bajarmaganlik sababli Qozog‘iston Respublikasi energetika vaziri Kanat Bozumbayevga hayfsan berildi», - deyiladi Oqo‘rda xabarida.
Avvalroq, Qozog‘iston hukumati yig‘ilishi vaqtida bosh vazir Boqijon Soqintayev Nursulton Nazarboyev nomiga energetika vaziri Kanat Bozumbayevga hayfsan e'lon qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritgandi.
Mavzuga oid
08:55
Rossiyada benzin sotuviga cheklovlar kengaymoqda
13:34 / 21.06.2026
Qrimda benzin sotish to‘xtatildi
20:14 / 18.04.2026
Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj
23:08 / 09.04.2026