Qrimda barça yoqilği quyiş şoxobçalarida yoqilği beriş töliq töxtatildi, deb e’lon qildi yarimorolning Rossiya tomonidan tayinlangan rahbari Sergey Aksenov.
Benzin sotuvi 21 iyun kuni soat 9 dan boşlab töxtagan. «Yoqilği faqat Qrim respublikasidagi hayot va xavfsizlikni ta’minlaydigan davlat xizmatlari uçungina beriladi», – degan Aksenov.
Qrimda benzin taqçilligi may oyidayoq boşlangandi, bunga Ukraina qurolli kuçlari Rossiyaning asosiy hududidan yarimorolga olib boruvçi «Novorossiya» trassasi orqali harakat qiluvçi benzin taşuvçi maşinalar va boşqa yuk avtomobillariga muntazam ravişda dronlar bilan hujum qilişni boşlagani sabab bölgandi.
Şundan keyin hukumat benzinni talon asosida sotişni yölga qöygan va bir kişiga bir kunda 20 litrdan ortiq benzin sotilişi taqiqlangandi. Keyinroq çeklovlar yanada kuçaytirildi va benzin uçun talon oliş ham qiyinlaşdi, bunday talonni endi bir haftada bir marta qölga kiritiş mumkin edi.
Benzin sotişni butunlay töxtatiş haqidagi qaror Qrim hududi böylab navbatdagi hujumlar fonida qabul qilindi. Rasmiylarga köra, sönggi hujumlar oqibatida 14 kişi jarohatlanib, şifoxonaga yotqizilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda «Novorossiya» trassasiga hujumlar davom etayotgani aks etgan videolar paydo bölgan, ulardan birida yölda ketayotgan benzovoz Hornet rusumli dron zarbasidan bazör qoçib qutulganini köriş mumkin.













