Tojikiston bosh vaziri sobiq o‘rinbosari masjid imomini o‘ldirishda ayblanmoqda

Foto: AP
Tojikistondagi fuqarolik urushi avjiga chiqqan paytda Hisordagi masjidlardan birining imomi bo‘lgan shaxsning o‘g‘li otasining qotilligida Hisor tumani sobiq rahbari va Hisor tumani Xalq fronti sobiq qo‘mondoni, Dushanbe sobiq hokimi, mamlakat bosh vazirining sobiq o‘rinbosari, respublika parlamenti quyi palatasi spikeri sobiq o‘rinbosari, hozirda pensiyada bo‘lgan Jamoliddin Mansurovni ayblamoqda.
Hisordagi masjidning 1992 yil oxirida o‘ldirilgan imomi Rahmon Safaraliyev (Hoji Abdurahmon) o‘g‘li – Badriddin Safaraliyevning bayonotiga ko‘ra, 5 oktabr kuni mahalliy prokuratura va militsiya tergovchilari otasining jasad qoldiqlarini eksgumatsiya qilishgan. Bu haqda «AP» prokuratura idoralaridagi manbaga asosan xabar berdi.
Tergovchilarning ma'lum qilishicha, eksgumatsiya natijalari haqida barcha tegishli jarayonlar yakunlanganidan so‘ng ma'lum qilishadi.
Hisor prokuraturasi xabariga ko‘ra, Jamoliddin Mansurov Rahmon Safaraliyevning o‘ldirilishi bo‘yicha boshlangan tergov doirasida so‘roq qilindi.
Arizani tekshirish davom etmoqda, deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan prokuratura idorasidan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, o‘ldirilgan imomning o‘g‘li otasining o‘limiga, Jamoliddin Mansurovdan tashqari, Hisor IIVB jinoyat-qidiruv bo‘limi sobiq boshlig‘i Bahrom Suvonov, Xalq fronti qo‘mondonining sobiq o‘rinbosari Lutfullo Ro‘ziyev va Hisor IIVB tergov izolyatori boshlig‘i o‘rinbosari Kamoliddin Burxonov aloqador ekanini ma'lum qilmoqda.
«Rahmon Safaraliyev (Hoji Abdurahmon) 90-yillarning boshida mahalliy masjid imomi bo‘lgan va tuman suv kanalida ishlagan. 1992 yilning 30 dekabr kuni uni Hisor tumani Xalq fronti shtabiga chaqirtirishgan, hamda, uning o‘g‘li ma'lumotiga ko‘ra, u yerda otib tashlashgan. Imomning o‘g‘li bayonotiga qaraganda, Hisor Xalq fronti jangchilari undan hattoki 60 ming sovetlar rublini olishgan, va shundan keyingina otasining jasadini olib ketishga ruxsat berishgan», - deya aytib o‘tishgan prokuraturadan.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
Mavzuga oid

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi

12:26 / 15.11.2024