16:10 / 12.10.2017
8711

«Arsenal» yanvarda ikki yetakchisini yo‘qotishi mumkin

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger yarimhimoyachilar Mesut O‘zil va Aleksis Sanchesning qishda boshqa klubga o‘tishi mumkinligini aytdi.

«Ha, shunday bo‘lishi mumkin. Bunday holatga tushib qolsangiz, har bir qarorni rejalashtirishga to‘g‘ri keladi.

Sanches va O‘zil bilan yozda shartnoma imzolamadik. Ammo, men har doim ta'kidlaganman, bu ularning ketadi degani emas.

Har ikkala futbolchi ham bu yerda o‘zini baxtiyor his qilmoqda. Umid qilamanki, ularning shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat o‘zgaradi. Hozircha, biror narsani e'lon qilgudek aniq ma'luomt yo‘q», – dedi Venger ESPN kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zil va Sanchesning shartnomasi kelasi yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Top