Bojxona qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mita va Tashqi savdo vazirligining gaz-kimyo bo‘yicha yangi qarori chiqdi
Davlat bojxona qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “O‘zbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori chiqdi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “O‘zbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Mazkur qaror rasmiy e'lon kilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.
Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ - “O‘zbekneftgaz” AJ;
Investorlar - “Gas Project Development Central Asia AG” kompaniyasi, “Altmax Holding Ltd” kompaniyasi va “O‘zneftegazqazibchiqarish” AJ, shuningdek ularnnng huquqiy vorislari va yo‘l qo‘yiladigan tsessionarlari;
MTB - O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “O‘zbekiston mustakilligi” investitsiya blokiga nisbatan 2017 yil 5 apreldagi mahsulot taqsimotiga oid bitim;
neft-gaz mahsulotn - neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, qazib olingan, tayyorlangan, qayta ishlangan va (yoki) saqlangan hamda tegishli yetkazish joyiga texnologik yo‘qotishlarni ayirib tashlagan holda yetkazilgan neft, tabiiy gaz, kondensat, boshqa uglevodorod mahsulotlari va yo‘ldosh mahsulotlar;
neft-gaz operatsiyalari - shartnoma maydoni va shartnomadan tashqari maydon doirasida geologiya-qidiruv ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalashtirish, tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish, yer qa'rini geologik o‘rganish, shu jumladan qidiruv (baholash) quduqlarini burg‘ilash, sanoat konlariii obodonlashtirish va ishlatnsh, qazib chiqarish, barqarorlashtirish, tayyorlash (shu jumladan tabiiy gazni tayyorlash), ajratib olish (shu jumladan, tayyor oltingugurtni olish), qo‘zg‘atish, dam berib haydash, yig‘ish, saqlash, ortish, yuklab jo‘natish, qayta ishlash, shartnoma maydonida qazib olingan uglevodorodlar va oltingugurtni yetkazish joyiga yetkazib bsrish, shartnoma maydoniga nisbatan yo‘q qilish va konservatsiya qilish operatsiyalari bo‘yicha faoliyat, shuningdek mazkur operatsiyalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan va MTBni bajarish doirasida hamda maqsadlarida amalga oshiriladigan boshqa faoliyat;
Operator - MTBda nazarda tutilgan ishlarni bajarishni tashkil qilish uchun tuzilgan “Surhan Gas Chemical Operating Company" MChJ XK;
pudratchi - Investor va (yoki) Operator bilan MTB bo‘yicha neft-gaz operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma (kontrakt) tuzgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs. Ushbu tushuncha, pudratchi bilan MTB bo‘yicha neft-gaz operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar (kontraktlar) tuzilgan ikkilamchi pudratchilarni ham o‘z ichiga oladi;
tovarlar - Investor, Operator, ularni MTB bo‘yicha nsft-gaz operatsiyalarini bajarish uchun jalb qilingan pudratchilari tomonidan olib kiriladigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste'mol tovarlar, uskunalar, moddiy-texnik rssurslar, transport vositalari va boshqa ko‘char mulk, shuningdek ehtiyot qismlar, jihozlar va qismlar, YoMM (yoqilg‘i-moylash materiallari), neft-gaz operatsiyalarini bajarish uchun loyiha va texnik hujjatlar.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024